Toshkent yer usti metro liniyasining 5 ta bekati ishga tushdi
Jamiyat
−
25 aprel 2023 10550 1 daqiqa
Toshkent yer usti halqa metro yo‘lining II bosqichi doirasida qurib bitkazilgan beshta bekatda yo‘lovchi tashuvlari boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Qo‘yliq–Quruvchilar uchastkasida qurilish ishlari tugatilgan beshta bekatning umumiy uzunligi 7,74 kilometrni tashkil etadi. Shunday qilib, Toshkent metropolitenining bekatlari soni 48 taga yetgan.
“Yer usti metrosi qurilishining ikkinchi bosqichi to‘liq yakunlanishi bilan Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod, bekatlar soni 50 ta bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent yer usti metrosi qurilishining ikkinchi bosqichida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgandi. Hozirda Toshkent yer usti metrosining birinchi bosqichi va Sergeli yo‘nalishini bog‘lovchi Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yer usti yo‘li barpo etilmoqda. Qariyb 12 kilometrlik bu qismda 7 ta bekat bo‘ladi. Hozirda Quruvchilar dahasigacha borgan 5 ta bekat qurib bitkazilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr