Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda aholiga tabiiy gaz yetkazib berish jarayonini samarali ishlashini tashkil etish, kuz-qish mavsumida gaz ta’minotidagi uzilishlarni oldini olish maqsadida, respublika miqyosida rejaga muvofiq, gaz taqsimlash nuqtalari, quvurlari va hisoblagichlarni ta’mirlash-nazorat ishlari olib borilmoqda. 

“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatiga ko‘ra, ta’mirlash-nazorat ishlarini texnika xavfsizligi qoidalariga ko‘ra o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida iste’molchilarga gaz yetkazish vaqtincha to‘xtatilmoqda.

Bugun,  9 oktyabr kuni, Toshkent vilyaotining ma’muriy markazi Nurafshon shahrining  “Oybek” mahallasi hududidagi jami 557 ta aholi xonadonlarida va 8 ta ulgurji iste’molchilarida soat 13:00 dan 18:00 gacha, Toshkent tumani, “Masalboy” hududi, “Majnuntol” mahallasi hududidagi jami jami 3680 ta aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha, Toshkent tumani, “Chosh-tepa” hududi, “Sabzavot” mahallasi, “Gulzor” ko‘chasidagi jami 50 ta aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha, Bo‘stonliq tumani, “Kichiksoy” mahallasi, “Qardoshlar” va “Tovoqsoy” mahallasi, “S.Rahimov” ko‘chalaridagi jami 205 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha, Zangiota tumani, “Xonobod” hududi, “Istiqlol” mahallasi, “Mirishkor” ko‘chasi  hududidagi jami 180 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha, Oqqo‘rg‘on tumani hududidagi jami 10 ming 800 ta aholi xonadonlarida va 60 ta ulgurji iste’molchilarida soat 9:00 dan 18:00 gacha, Bo‘ka shahri “Yangi xayot”, “Toshloq”, “Navro‘z”, “O‘zbek”, “Do‘stlik”, “Guliston” va “Madaniyat” mahallalari hududida yashovchi jami 3 ming 500 ta aholi xonadonlarida va 50 ta ulgurji iste’molchilarida soat 9:00 dan 18:00 gacha, shuningdek, 2019 yil 10-12 oktyabr kunlari Bekobod shahar, “Mustaqillikning 27 yilligi” mahallasi hududida yashovchi jami 210 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan soat 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi.

“Hududgazta’minot” AJ kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari munosabati bilan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.


Maqola muallifi

Teglar

Gaz Toshkent viloyatining

Baholaganlar

16

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing