Toshkent viloyatidagi mehmonxonadan ikki yoshning o‘ligi chiqdi

3-sahifa

1 copy

Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi mehmonxonalardan birida ikki nafar fuqaro o‘lik holda topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, kecha, 8 iyun kuni Chirchiq shaxridagi mehmonxonaga joylashgan 2000 yilda tug‘ilgan yigit va 2002 yilda tug‘ilgan qiz vafot etgani aniqlangan.

Marhumlarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. 

Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1 iyun kuni Jizzax viloyatida 18 yoshli qiz o‘zini ko‘p qavatli uyning tomidan tashlab, vafot etgan edi. Keyinchalik, o‘z joniga qasd qilgan 18 yoshli qizning yonidan xat topilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing