Toshkent viloyatida 56 yoshli erkak pichoqlab o‘ldirildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida 48 yoshli erkak boshqa bir erkakni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Keltirilishicha, kecha, 8 avgust kuni Olmaliq shahrida 48 yoshli erkak o‘zaro kelishmovchilik oqibatida 56 yoshli erkakka pichoq bilan tan jarohati yetkazib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 28 yoshli erkak kelishmovchilik sabab 23 yoshli amakivachchasini pichoqlab o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Toshkent viloyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing