Toshkent viloyatida 37 yoshli erkak koronavirusning 69-qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 15 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim holati qayd etildi. Bu mamlakatdagi 69-o‘lim bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Pskent tumanida yashovchi, 37 yoshli M.M.da (erkak) joriy yil 3 iyulda hansirash, yo‘tal paydo bo‘lgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan. 

Ammo ahvoli og‘irlashavergach, shu yilning 9 iyulda tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

12 iyul kuni esa bemorda o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi belgilari boshlangan va sun’iy nafas olish  apparatiga ulangan. Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan kechgan. 

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

328

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing