Toshkent shahrida 7 soat ichida aholi orasida 102 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
10 iyul 2020 21556 1 daqiqa
Bugun, 10 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 134 nafarga ko‘payib, 11 857 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 32 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 102 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar O‘zbekistonda 7 335 (+48) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (shundan 38 nafari Surxondaryo viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida hamda 4 nafari Toshkent shahridagi 3-son tug‘ruq majmuasida) sog‘aydi.
Hozirda mamlakatda 4 469 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025