Toshkent metrosining yana 6 ta bekatida harakat to‘xtatiladi

Jamiyat

image

Rejali profilaktik ishlar amalga oshirish uchun joriy yilning 2 avgust sanasidan boshlab Toshkent metrosining 6 ta bekatdan iborat “Texnopark – Yangiobod” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Bildirilishicha, Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida “Texnopark-Qipchoq-Texnopark” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tonggi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyun sanasidan boshlab rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadidan “Quruvchilar” (12-bekat) bekatidan “Yangiobod” bekatigacha (6-bekat) metro poyezdlar harakati to‘xtatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metrosi metr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing