Tokio-2020: Bobousmon Baturovni mag‘lub etgan bokschi finalga jangsiz yo‘l oldi

Sport

image

Jahonning -69 kg vazn toifasidagi birinchi raqamli bokschisi britaniyalik Pet Makkormak Olimpiya o‘yinlarining finaliga yo‘l oldi.

U yarim finalda irlandiyalik Aidan Valshga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq, irlandiyalik bokschi jarohat sababli jangda qatnasha olmadi va Makkormak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

U oltin medal uchun kubalik Roniel Iglesias va rossiyalik Andres Zamkovoy jangi g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.

Makkormak chorak finalda o‘zbekistonlik Bobousmon Baturovni mag‘lub etgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing