Tezkor: Toshkentda kanaldan ayol jasadi topildi
Jamiyat
−
13 fevral 2020 19672 1 daqiqa
Bugun, 13 fevral kuni Toshkentning Shayhontohur tumani Baynalmilal ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tuvchi kanaldan jasad topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri voqea joyidan xabar bermoqda.
Ayol kishining jasadini Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari bir necha urinishdan keyin suvdan chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.
Hozirda voqea tafsilotlari o‘rganilyapti.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 fevral kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi yoqasi bo‘ylab oqib o‘tuvchi Anxor kanalidan oqayotgan suvdan yangi tug‘ilgan, o‘g‘il bola jinsiga mansub chaqaloq murdasi topilgandi.
Live
Barchasi