Toşkentda onalar ölimi holatlari ortidan 48 nafar tibbiyot xodimi jazolandi

3-sahifa

−

image

Toşkent şahrida 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida 5 ta onalar ölimi qayd etildi. Uşbu holatlar yuzasidan 48 nafar tibbiyot xodimiga intizomiy çora körildi. Bu haqda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining joriy yilning 13 noyabridagi “Toşkent şahar Soğliqni saqlaş boş boşqarmasi tomonidan aholi salomatligini asraş, kasalliklarning oldini oliş va uni profilaktika qilişning haqiqiy holati, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda uşbu yönalişdagi faoliyatni yaxşilaş borasida amalga oşirilayotgan işlarni örganiş va natijasini muhokama qiliş töğrisida”gi qarorida ma’lum qilingan.

Qarorda keltirilişiça, onalar ölimi holatlari Uçtepa, Olmazor, Yakkasaroy va Şayxontohur tumanlarida qayd etilgan. 2025 yilning şu davrida Toşkent şahrida 6 nafar ona vafot etgan. Joriy yilda bu körsatkiç bir holatga kamaygan. Uşbu holatlar yuzasidan 48 nafar tibbiyot xodimiga intizomiy çora körilgan.

Onalar ölimi körsatkiçi 2026 yilning 9 oyida har 100 ming nafar tirik tuğilgan çaqaloqqa nisbatan 11,9 tani taşkil etgan. Ötgan yilning şu davrida bu körsatkiç 12,6 bölgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Toşkent şahrida 15-16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing