Tezkor: Toshkentda kanaldan ayol jasadi topildi

Jamiyat

image

Bugun, 13 fevral kuni Toshkentning Shayhontohur tumani Baynalmilal ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tuvchi kanaldan jasad topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri voqea joyidan xabar bermoqda.

Ayol kishining jasadini Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari bir necha urinishdan keyin suvdan chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.

Hozirda voqea tafsilotlari o‘rganilyapti.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 fevral kuni  Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi yoqasi bo‘ylab oqib o‘tuvchi Anxor kanalidan oqayotgan suvdan yangi tug‘ilgan, o‘g‘il bola jinsiga mansub chaqaloq murdasi topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent jasad kanal

Baholaganlar

769

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing