Termizda 18 yoshli talaba o‘zini 14-qavatdan tashlab yubordi (video)
3-sahifa
−
19 noyabr 17064 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi ko‘p qavatli uyning 14-qavatidan bir yigit o‘zini tashlab yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Uning bildirishicha, bugun, 19 noyabr kuni soat 16:00 lar atrofida Termiz shahar Movaro "dom"larida Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filialining 2007 yilda tug‘ilgan 2-bosqich talabasi S.A. ko‘p qavatli uyning 14-qavatidan o‘zini tashlab, voqea joyida vafot etgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidan bo‘lgan.
Hozirda Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakultetining Kogon tumanidan bo‘lgan 18 yoshli 1-kurs talabasi (qiz bola) universitet yotoqxonasida o‘z joniga qasd qilgan edi.
Live
Barchasi