Tayvanda kuchli tayfun oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
24 Sentabr 3139 1 daqiqa
Ayni kunlarda kuzatilayotgan kuchli to‘fon ortidan Tayvanning Xualyan tumanida to‘g‘on yorilishi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Focus Taiwan” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xualyan shahridagi ko‘chkilar tufayli hosil bo‘lgan ko‘l Ragasa to‘foni olib kelgan kuchli yog‘ingarchilik sababli qirg‘og‘idan toshib ketgan va Guanfou qishlog‘ini suv bosib, oqim qishloqni vayron qilgan. Hozirda suv ko‘chalardan ketgan bo‘lsa-da, yo‘llar chiqindi va loy qatlami bilan qoplangan.

Vaziyat ortidan hukumat xavfli hududdan 3000 dan ortiq odamni evakuatsiya qilgan. Shu bilan birga, 14 kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab insonlar bedarak yo‘qolgan. Qutqaruvchilar esa odamlarni uyma-uy qidirmoqda.
Nashrning yozishicha, suv toshqini oqibatida Guanfoudagi temiryo‘l stansiyasi ham zararlangan, shuningdek, mahalliy shossedagi ko‘priklardan biri butunlay vayron bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda sayyohlarga Ragasa supertayfuni yaqinlashayotgani munosabati bilan ehtiyot choralariga rioya qilish, safar rejalashtirayotganlarga esa xavfli hududlardan qochish tavsiya etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi