Tataristondagi qurilishda o‘zbekistonlik talaba fojiaviy halok bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Tataristonning Naberejniye Chelni shahrida 21 yoshli o‘zbekistonlik talaba qurilayotgan uyning beshinchi qavatidan yiqilib vafot etdi. Bu haqda Tatariston prokuraturasi matbuot xizmati xabar bergan.  

Fojia 20 may kuni 33-mikrorayonda qurilayotgan uyning qoliplari demontaj qilinayotganda sodir bo‘lgan. 

Yigit o‘limidan bir kun oldin qurilish maydoniga ishga joylashgan. U ikki kun ichida amaliyot o‘tashi kerak bo‘lgan. 

Ta’kidlanishicha, hodisaning sabablari va holatlari tekshirilmoqda. Jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, yigit mart oyida 21 yoshga to‘lgan. U universitet yotoqxonasida yashab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

talaba Tatariston

Baholaganlar

648

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing