Tanasiga o‘t o‘radigan pichoq sanchilib qolgan “Inson” markazi xodimi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 29 iyul kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Tohirjon Jo‘rayev qorniga o‘t o‘radigan asbob pichog‘i sanchilib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Uchko‘prik tumani hokimligi tomonidan “mahalla yettiligi” a’zolari hasharga jalb etilgan. Hashar paytida yollanma ishchilar tomonidan foydalanilayotgan o‘t o‘radigan asbob pichog‘i sinib ketib, jarayonni kuzatib turgan Uchko‘prik tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Tohirjon Jo‘rayevning qorniga sanchilib qolgan. Xodim olgan jarohati sababli vafot etgan.

“Agentlik nomidan marhumning vafoti munosabati bilan oila a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Marhumning oilasi agentlik tomonidan doimiy e’tibor va nazoratda bo‘ladi, ularga zarur ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish davom ettiriladi”, deyiladi xabarda.

Agentlik bunday fojiali holatlar takrorlanmasligi uchun xodimlarning mehnat xavfsizligi, ularni xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb etish holatlari hamda mas’ul shaxslarning javobgarligi yuzasidan atroflicha o‘rganish o‘tkazilib, tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing