Tadbirkor bilan til biriktirgan soliqchilar ushlandi

3-sahifa

image

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan milliardlab so‘mlik soliqlardan bo‘yin tovlangani va ayrim soliq xodimlari qonunbuzarliklarni yashirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, tergovga qadar tekshiruvda 6 ta MCHJ mas’ul shaxslari hamda boshqa fuqarolar tomonidan qator qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan. Ular 32,6 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘ini byudjetdan asossiz ravishda qaytarib olgan, 195,9 mlrd so‘mlik mahsulotlarni naqd pulga sotib, tushumlarni bankka kirim qilmagan. Oqibatda 42,5 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan.

Tekshiruv davomida Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan audit tekshiruvlarida ham qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. Xususan, ular tekshiruv hujjatlarida 5,2 mlrd so‘mlik soliqlarni hisoblamasdan rasmiylashtirgan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida tadbirkorning soliq qarzdorligi va moliyaviy jarimasini “hal qilib berish” evaziga pora olayotgan soliq inspektori qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing