Toşkentda buyurtma asosida odam öğirlamoqçi bölganlar uşlandi (video)
3-sahifa
−
09:23 1005 2 daqiqa
Toşkentda ikki kişini öğirlaşni rejalaştirgan, ulardan biriga elektroşoker işlatmoqçi bölgan jinoiy şeriklar uşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, fuqaro noma’lum şaxslar tomonidan avtomaşinaga majburan ötqazib olib ketilganini, biroq qat’iy qarşilik körsatib, qoçib qutulganini aytib, IIV Tezkor-qidiruv departamentiga murojaat qilgan.
Murojaat yuzasidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar jinoiy şerik qölga olingan. Ular 2003 va 1998 yillarda Toşkent şahrida tuğilgan bölib, muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğirlik) bilan sudlangan. Ularga tegişli avtomobil közdan keçirilganda, yukxonasidan bitta ötkir tiğli bolta topilib, protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Suriştiruv davomida gumonlanuvçilar özlariga qöyilgan ayblovlarni tan olgan. Ularning telefonlari tekşirilganda, Telegram messenjerida buyurtmaçi bilan yozişmalari aniqlangan.
Ma’lum bölişiça, ular arizaçini har qanday yöl bilan bölsa ham buyurtmaçiga olib boriş haqida topşiriq olgan. Bundan taşqari, yana bir fuqaroni ham majburan olib keliş, qarşilik körsatgan taqdirda esa böyniga elektroşoker bilan urib, huşidan ketkaziş orqali yetkaziş rejalaştirilgan.
Gumonlanuvçilar ikkinçi fuqaroni öğirlaş maqsadida uning işxonasi oldida qariyb tört soat kutgan. Biroq u xizmat safariga ketganini bilgaç, rejalarini boşqa kunga qoldirgan.
Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam öğirlaş) ikkinçi qismi “b” va “v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Live
Barchasi