Suzuvchi 4 oy davomida Islandiya atrofini aylanib chiqdi
Sport
−
15 Sentabr 2712 1 daqiqa
Britaniyalik sportchi Ross Ejli Islandiyaning 1600 km chegarasini to‘liq suzgan birinchi odam bo‘lib, nomini tarixga yozdi. Bu haqda “Sky news” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, sportchi 4 oy davomida sovuq harorat, kuchli to‘lqinlar bilan kurashib, og‘ir jismoniy xarakatlarga chidagan. U 2025 yil 17 may sanasida suzishni boshlagan va 2025 yilning 8 sentyabr sanasida yakunlagan. Sportchining 4 oy davomidagi kunlik rejimi 6 soat suzish va yaxtada 6 soat dam olish bilan o‘tgan. Bu vaqtda suvning o‘rtacha harorati 3 °C ni tashkil etgan. Bu harakatlar uchun Ejliga katta energiya kerak bo‘lgan. Shuning uchun sportchi har kuni 10 000 – 15 000 kaloriya iste’mol qilgan.
Suzish sayohati davomida Ejli katta ilmiy tadqiqotda ishtirok etgan. U Islandiya universiteti bilan hamkorlikda ishlagan. Maqsad – mikroplastik ifloslanish va mamlakat qirg‘oqlari bo‘ylab dengiz hayoti haqida yaxshiroq tushunchaga ega bo‘lish edi.
Live
Barchasi