Suv balosi: Hindiston va Nepaldagi toshqinlarda yuzga yaqin odam halok bo‘ldi
Olam
−
11:18 1445 2 daqiqa
Hindiston va Nepalda kuchli yomg‘ir sababli yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 70 kishi halok bo‘ldi. Hindistonda 56 kishi vafot etgan bo‘lsa, Nepalda 14 kishi halok bo‘ldi, yana 11 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida joriy yilning 25–27 sentyabr kunlari 66,5 millimetr yog‘ingarchilik qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich odatdagi 7,6 millimetrdan qariyb 9 barobar ko‘p. Tabiiy ofatlar oqibatida Hindistonda yana 46 kishi jarohatlangan va mingdan ortiq uy zarar ko‘rgan.
Nepalda esa mamlakatdagi 77 tumanning 49 tasida sel kelish xavfi e’lon qilingan. Yirik daryolar va ularning irmoqlarida suv sathi ko‘tarilayotgani tufayli hududlarning yarmidan ko‘pi suv toshqini xavfi ostida qolgan.
Suv toshqinlari Nepalning ayrim hududlarida elektr va aloqa ta’minotiga ham zarar yetkazgan. Rahuganga daryosidagi suv toshqini 40 megavatt quvvatga ega gidroelektr loyihasi inshootlari va elektr uzatish liniyalariga zarar yetkazgan.
Bundan tashqari, Nepalning Manang tumanida Himlung Himal tog‘i etagidagi lager qor ko‘chkisi ostida qolishi oqibatida 10 nafar mahalliy ishchi bedarak yo‘qolgan. Ular xorijlik alpinistlar uchun chodirlar o‘rnatayotgan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vetnamning shimoliy va markaziy hududlarida yuz bergan kuchli yomg‘ir, suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘lib, 16 mingdan ortiq uy suv ostida qolgan edi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr