Intim videolarni tarqatmaslik uchun ayoldan 6 ming dollar so‘ragan erkak ushlandi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida o‘zining tanishi bo‘lgan ayolning noma’lum erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lgan video tasvirlarini tarqatmaslik uchun 6 ming AQSH dollari so‘rab, shantaj qilmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 10 fevral kuni Denov tumanida yashovchi fuqaro tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Uning aytishicha, bir erkak shaxs o‘zining tanishi bo‘lgan ayolning noma’lum erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lgan video tasvirlarini telefon qurilmasida saqlab kelayotganini aytib, ushbu videolarni ijtimoiy tarmoqlari orqali yaqin qarindoshlari va tanishlariga tarqatish, obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitgan va 6 ming AQSH dollari talab qilgan. Oldindan esa 3 ming AQSH dollarini berishini so‘ragan.

Mazkur murojaat asosida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida ariza muallifiga xolislar ishtirokida talab qilingan 3 ming AQSH dollari o‘rniga 1 ming AQSH dollari va 18 mln so‘m miqdoridagi pul vositalariga kimyoviy ishlov berilgan. Pul mablag‘larini olish uchun kelgan shaxs tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda dastlabki tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda Telegram’da soxta profil ochib dugonasining intim suratlarini qo‘lga kiritgan va ularni tarqatmaslik uchun 6 ming dollar talab qilgan ayol qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo firibgarlik Denov intim videolar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing