Surxondaryoda Damas biryo‘la 4 kishini urib ketdi (video)
3-sahifa
−
27 Sentabr 14813 1 daqiqa
Bugun, 27 senyatbr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida Damas piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 4 kishini urib ketgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirib, Damas urib yuborgan piyodalar soni 3 nafar ekanini ochiqladi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 22 sentyabr kuni soat 14:00 da Sho‘rchi tumani Navro‘z mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K 592 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi Damas avtomashinasida ketayotganda rul boshqaruv qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda mashina yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va yo‘lning tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan. Piyodalar hodisa tufayli olgan tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB tomonidan yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyodalar olgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini hamda transport vositasining texnik holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy va texnik ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 15 yoshli qizchani urib, qochib ketgan haydovchi va uning mashinasi viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida ustaxonadan topilgandi.
Live
Barchasi