Samarqandda Gentra 15 yoshli qizchani urib qochib ketdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida Gentra haydovchisi yosh qizchani urib, qochib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi. 

Aniqlanishicha, joriy yilning 24 sentyabr kuni soat 19:00 da Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi Panjikent ko‘chasida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Gentra haydovchisi yuqori tezlikda 15 yoshli piyodani urib yuborgan hamda voqea joyidan qochib ketgan. 

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida haydovchi va uning mashinasi ustaxonadan topilgan. 

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u qizchani urib ketganidan so‘ng qattiq qo‘rquv ostida qolib ketgan va voqea joyidan qochishga majbur bo‘lgan. Voqea ortidan qizcha shifoxonaga yotqizilgan.

Bildirilishicha, ushbu haydovchiga nisbatan qonuniy hujjatlar rasmiylashtirilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon shahrida Nexia-2 rusumli avtomashina 2015 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisini uchirib yuborgandi. Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda yengil tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Gentra Panjikent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing