“So‘nggi ogohlantirish”. Prezident rahbarlarga 2 hafta muhlat berdi
Jamiyat
−
16 iyun 2025 16711 2 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev hukumatdagi mas’ullar, vazirlar tartib-intizomga vaqtida e’tibor bermagani uchun islohotlar ijrosi cho‘zilib ketayotgani tanqid qildi. Bu haqda u bugun, 16 iyun kuni amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.
Masalan, suyultirilgan gaz yetkazishda 60-70 kunlab uzilish kuzatilmoqda. Ayniqsa, Andijon va Surxondaryoda murojaatlarning 70 foizi shu masala bilan bog‘liq.
“Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi? Rahbarlarga so‘nggi ogohlantirish: bu masalaga ikki haftada yechim topsin, bo‘lmasa o‘zi bilib joyini bo‘shatib qo‘ysin”, dedi Prezident.
Yana bir masala – yozning boshlanishi nisbatan salqin keldi. Lekin buyog‘iga kunlar ancha isib, elektr iste’moli oshadi. Ikki oy oldin Energiya samaradorlik agentligi tashkil qilinib, byudjetdan 100 milliard so‘m berildi.
Energetika vazirligi va agentlikka vazirlik, hokimlik va davlat korxonalarining oylik iste’moli 500 kilovatt soatdan yuqori bo‘lgan xodimlari ro‘yxatini shakllantiradi. Ushbu xodimlarga energiya samarador texnologiyalarga o‘tish uchun “yashil ta’mir” krediti yoki subsidiya olishga ko‘maklashiladi. Kerak bo‘lsa, byudjetdan tashqari jamg‘armasidan ssuda berilishi mumkin.
Buning hisobidan yil yakunigacha iste’moli yuqori bo‘lgan kamida 100 ming xonadon energiya samarador tizimga o‘tishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Live
Barchasi