Sulsher sobiq jamoasiga foyda keltirdi
Sport
−
29 mart 2019 3845 1 daqiqa
“Manchester Yunayted” klubi mutaxassis Ole-Gunnar Sulsher bilan shartnoma tuzganligi uchun murabbiyning sobiq jamoasi “Molde”ga 500 ming funt to‘lab beradi.
Bu pullar Norvegiya klubi Sulsherning MYUda qolishiga qarshilik qilmasligi uchun o‘tkazib beriladi. “Molde” o‘tgan yilning dekabr oyida mutaxassisni joriy mavsum oxirigacha “Qizil iblislar”ga qo‘yib yuborgani uchun 500 ming funt olgan.
Kecha, 28 mart kuni Ole-Gunnar Sulsher “Manchester Yunayted” bilan 3 yilga mo‘ljallangan to‘laqonli shartnoma imzolagandi.
MYU Sulsher qo‘l ostida 19ta uchrashuvda ishtirok etib, 14tasida g‘alabaga erishdi, 3 marta durang qayd etdi va 2ta bahsda mag‘lubiyatga uchradi.
Live
Barchasi