Sudya Oliy sud matbuot kotibi bo‘ldi

Jamiyat

image

Surayyoxon Rustamovna Xo‘jamqulova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Surayyoxon Xo‘jamqulova tayinlovga qadar Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan. Shuningdek, oldinroq Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining tergov sudyasi lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Oliy sud Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi boshlig‘i lavozimida ishlagan Aziz Obidov o‘z faoliyatini mazkur tuzilmada mas’ul xodim sifati davom ettirmoqda. U 2019 yilning noyabrida ushbu lavozimga tayinlangandi.

Qayd etish joiz, hozirda O‘zbekistonda 8 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarida jurnalist va matbuot xizmatlari yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ularda 10 mingga yaqin talaba o‘qiydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yil 1 avgustdan boshlab mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing