“Sputnik” jurnalistlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Olam

image

Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi “Sputnik Ozarbayjon” nashrida o‘tkazgan reydi natijasida yetti kishini qo‘lga oldi. Bu haqda “Oxu.Az” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olinganlar Ozarbayjon Jinoyat kodeksining firibgarlik, noqonuniy tadbirkorlik va jinoyat yo‘li bilan olingan mol-mulkni qonuniylashtirish moddalari bo‘yicha javobgarlikka tortilmoqda. Ikki kishi hibsga olinib, yana besh kishi jinoiy javobgarlikka jalb etilgan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, 2025 yilning fevralida Baku Ozarbayjon davlat ommaviy axborot vositalarining xorijdagi va mamlakatdagi xorijiy jurnalistlari faoliyatida paritetga erishish maqsadida agentlik faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. Ushbu qaror Ozarbayjon davlat ommaviy axborot vositalarining xorijdagi faoliyati va mamlakatdagi xorijiy jurnalistlarning tengligini ta’minlashga qaratilgan edi. Boshqacha aytganda, Bakuda ishlayotgan “Sputnik Ozarbayjon” jurnalistlari soni Rossiyadagi “AZƏRTAC” jurnalistlari soniga teng bo‘lishi kerak edi. Biroq “Sputnik Ozarbayjon” tahririyati bu qarorga amal qilmadi. O‘tgan davr mobaynida tahririyat va xodimlar o‘z faoliyatini to‘xtatgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyun kuni Ozarbayjon politsiyasi “Sputnik Ozarbayjon” ofisida o‘tkazgan operatsiya chog‘ida nashrda ishlayotgan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlarini qo‘lga olgandi. Shundan so‘ng, Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova rossiyalik diplomatlar nashr jurnalistlari bilan ikki soatdan ko‘proq vaqt davomida bog‘lana olmaganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Sputnik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing