Sobolenko yana Ribakina bilan to‘qnash keladi
Sport
−
26 mart 1132 1 daqiqa
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Arina Sobolenko Mayami shahrida o‘tkazilayotgan, sovrin jamg‘armasi 9,4 million dollardan ortiq bo‘lgan WTA 1000 toifasidagi turnirning yarim finaliga yo‘l oldi. Bu bosqichda Sobolenko dunyoning ikkinchi raqamli raketkasi Yelena Ribakina bilan kortga chiqadi.
Chorak final bahsida Sobolenko amerikalik Xeyli Baptistni 6/4, 6/4 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 1 soat 20 daqiqa davom etdi.
Ribakina esa chorak finalda amerikalik Jessika Pegula (reytingda 5-o‘rin) bilan to‘qnash keldi. Uchrashuv uch set davom etdi va Ribakinaning 2/6, 6/3, 6/4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bahs 2 soat 16 daqiqa davom etdi.
Shu tariqa, joriy yil hisobidan uchinchi bor dunyoning birinchi va ikkinchi raketkasi Sobolenko va Ribakini to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu to‘qnashuv ertaga, 27 mart kuniga belgilangan. Ma’lumot uchun, Sobolenko ushbu turnirning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Ushbu juftlik joriy yilning yanvar oyida “Australian open” finalida to‘qnash kelgan edi. Unda qozog‘istonlik tennischi g‘alaba qozongan bo‘lsa, Sobolenko joriy yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan Indian-Uells turniri finalida Ribakinani mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Turnir finaliga yo‘llanma uchun ikkinchi yarim finalda esa amerikalik Koko Gauff hamda chexiyalik Karolina Muxova o‘zaro bahs olib boradi.
Live
Barchasi