Sobiq deputat majburiy tarzda tergovga olib ketildi
3-sahifa
−
14 Oktabr 20101 1 daqiqa
Toshkent viloyatida sobiq deputat Olim Sulaymonovga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lum qildi.
61 yoshli Sulaymonovga nisbatan ochilgan ish Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.
To‘laganovning yozishicha, sobiq deputat shu kunga qadar IIO tomonidan gumonlanuvchi tariqasida bir necha marotaba chaqiruv qog‘ozi orqali rasman chaqirilgan bo‘lsa-da, tergovga kelishdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan. Shu sababli, bugun, 14 oktyabr kuni Olim Sulaymonov tergov jarayoniga qonuniy asosda majburiy tarzda olib borilgan.
Qayd etilishicha, hozirda mavjud jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston poytaxti Bishkek va Chuy viloyatida sobiq deputat va “Kirk uruu jeti duban intimagi” jamoat harakati a’zolari qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi