Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

“Siti” rahbarlari Gvardiolani ishdan olmoqchi

Sport

image

“Manchester Siti” rahbariyati qoniqarsiz natijalar tufayli ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiola bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “E-notisies” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar”ning boshliqlari allaqachon yangi bosh murabbiy izlashga kirishgan. Ingliz klubi rahbariyati “Barselona” va Ispaniya terma jamoasining afsonaviy sobiq futbolchisi Sesk Fabregasning nomzodini ilgari surmoqda. Fabregas ayni damda Italiyaning “Komo” klubini boshqarmoqda va bu yozda “Manchester Siti” ispaniyalik murabbiyni Angliyaga olib kelish uchun amaliy ishlarni boshlaydi.

Ma’lumot uchun, ayni damda ingliz klubi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gvardiola Angliya chempionati oxirgi turi doirasida avtogol urib qo‘ygan Husanov haqida o‘z fikrlarini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Xosep Gvardiola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing