Gvardiola avtogol urib qo‘ygan Husanov haqida nimalar dedi? 

Sport

image

“Manchester Siti” klubi murabbiyi Pep Gvardiola o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning “Brayton”ga qarshi o‘yini haqida gapirdi. 

“Yosh futbolchilarimiz yaxshi o‘ynadi, ayniqsa, himoyachilarimiz aql bilan harakat qildi. Ruben Diash va Abduqodir Husanov fantastik darajada o‘ynadi. “Nottingem Forest” bilan bo‘lgan o‘yinga qaraganda bu gal ancha yaxshi harakat qildik, ikkita gol urdik va yana darvozani ishg‘ol qilish uchun vaziyatlar yaratdik. Biz g‘alabaga yaqin edik, lekin unga erisha olmadik”, deydi Xosep Gvardiola.

Qayd etish joiz, 15 mart kuni bo‘lib o‘tgan “Manchester Siti” va “Brayton” o‘rtasidagi o‘yinda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov 48-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi hamda yakuniy hisob 2:2 ko‘rinishida yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gvardiola Abduqodir Husanov avtogol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing