Sidneyda dahshatli otishma bo‘ldi (video)
Olam
−
06 Oktabr 8025 2 daqiqa
Kecha, 5 oktyabr kuni Avstraliyaning Sidney shahrida bir erkak o‘z kvartirasidan ko‘chadagi odamlarga qarata o‘t ochdi. Voqea oqibatida 16 kishi yaralandi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, erkak taxminan 50 marta o‘q uzgan. Hodisa kechqurun sodir bo‘lgan, ko‘chalarda o‘qlar ovozi eshitilgach, hudud to‘sib qo‘yilgan. Erkak haydovchilarga, binolarga va hatto politsiya mashinalariga qarata o‘t ochgan.
Aniq o‘q soni noma’lum, lekin “50 dan 100 tagacha bo‘lishi mumkinligi” aytilmoqda. Qo‘lga olish jarayonida erkak politsiyaga qarshilik ko‘rsatgan, politsiya esa “o‘qlar yomg‘iri” ostida qolgan.
Otishma oqibatida bir nechta binolarga va bir kafega zarar yetgan. Kafe egasi dastlab ikki marta o‘q ovozini eshitgan, lekin nima bo‘lganini tushunmagan. Ularning mehmonlari ovqatlanishda davom etgan. Keyin esa uzluksiz ovoz eshitilganini aytgan. Ichkarida o‘q-dorining hidi tarqalgan. Politsiya ularga joyida qolib, ichkariga yashirinishni maslahat bergan.
Hodisa oqibatida olti kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan biri og‘ir ahvolda. Ikki erkak oynadan sachragan shisha bo‘laklari tufayli jarohat olgan va ularga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Umuman olganda, voqea joyida yengil jarohatlangan 16 kishiga yordam ko‘rsatilgan.
Yangi Janubiy Uels politsiyasi gumondorni hibsga olgan, uning quroli musodara qilingan. Hibsga olish vaqtida erkakning o‘zi ham jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Yo‘llar hanuz yopiq, transport harakati cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Quddusdagi yo‘l chorrahasida yuz bergan otishma oqibatida besh kishi halok bo‘lgandi. Isroil politsiyasiga ko‘ra, ikki qurolli shaxs shahar shimolidagi Ramot chorrahasida avtobus bekatiga o‘t ochgan. Xavfsizlik xodimi va bir fuqaro qarshi o‘t ochib, hujumchilarni “zararsizlantirgan”.
Live
Barchasi