Şveysariyada ham namoyişlar: ikki şaharda politsiya bilan töqnaşuvlar yuz berdi (video)

Olam

−

image

Şveysariyaning Syurix va Bazel şaharlarida bugun, 1 noyabrga ötar keçasi yuzlab kişi iştirokida namoyişlar bölib ötdi. Norozilik namoyişlari politsiya bilan töqnaşuvlarga aylanib, avtomobil va axlat qutilari yoqildi, dökonlarning oynalari sindirildi. Bu haqda SRF xabar berdi.

Qayd etilişiça, namoyişlar “On en a marre – en Suisse aussi” (“Bizning ham sabrimiz tugadi – Şveysariyada ham”) şiori ostida ötkazilgan. Uşbu şior Fransiyada bölib ötayotgan norozilik namoyişlariga hamohang tarzda tanlangan.

Syurixda yuzlab kişi, ayrimlari Xellouin niqoblarini taqib olgan holda, mahalliy vaqt bilan soat 22:30 atrofida şahar markazidagi Langstrasse köçasida töplangan. Olmon Helvetiaplatz maydoni tomon harakatlanganida muşaklar va maş’alalar yoqilgan.

Namoyişçilar maydonga yetib kelgaç, vaziyat keskinlaşgan. Avtobus bekatining oynali boşpanasi şikastlangan, axlat qutilari, velosipedlar va boşqa buyumlardan qurilgan tösiqqa öt qöyilgan.

Politsiya namoyişçilarni tarqatiş uçun suv purkagiçlardan foydalangan. Şahar politsiyasi ma’lumotiga köra, tartibsizliklar iştirokçilarining kiçik guruhlari şaharning turli joylarida axlat qutilarini yoqib yuborgan. Şuningdek, bir avtomobilga öt qöyilgan, bir neçta dökonning oynalari sindirilgan.

Politsiya xodimlariga muşaklar, butilkalar va toşlar otilgan. Huquq-tartibot idoralari bunga javoban közdan yoş oqizuvçi gaz va rezina öqlardan foydalangan. Töqnaşuvlar taxminan soat 01:30 gaça davom etgan.

Şuningdek, tibbiy yordam çaqiruvi böyiça voqea joyiga kelgan politsiya patruliga olomon hujum qilgan. Xizmat avtomobiliga zarar yetkazilgan, xodimlar esa ortga çekinişga majbur bölgan. Şu sababli ular baxtsiz hodisa oqibatida oyoğidan oğir jarohat olgan ösmirga yordam bera olmagan.

Bazel şahrida esa mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida 150 ga yaqin kişi şahar markaziga yiğilgan.

Bir neçta çiqişlardan söng namoyişçilar Reyn daryosi ustidan ötgan Mittlere Rheinbrücke köprigidan ötib, tarixiy markazdagi Marktplatz maydoniga borgan. Keyin ular şaharning Sankt-Yohann hududi tomon yöl olgan. U yerda ayrim namoyişçilar axlat qutilari va metall tösiqlardan qurilgan barrikadalarga öt qöygan. Şundan söng politsiya aralaşgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniyaning Frankfurt şahrida yoşlar namoyişi vaqtida tartibsizliklar yuz bergani haqida xabar berilgan edi. Namoyişçilar kamida ikkita dökonni talon-toroj qilib, yana bir neçta savdo nuqtasiga zarar yetkazgan. Mamlakatning 34 ta şahrida ötkazilgan namoyişlarda yoşlar ta’limga köproq mablağ ajratiş, yaşaş xarajatlarini kamaytirişni talab qilib, majburiy harbiy xizmatga qarşi çiqqan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing