Shvetsiyada O‘zbekistonning diniy bag‘rikenglik siyosati yuqori baholandi
Jamiyat
−
28 mart 1852 1 daqiqa
Joriy yilning 24-25 mart kunlari Shvetsiya parlamenti – Riksdagda “O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik, ekstremizmga qarshi kurash va terrorchi guruhlarning sobiq a’zolarini reintegratsiya qilish tajribasi” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mazkur nufuzli tadbirda ishtirok etish uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Yahudiylar diniy jamoasi raisi Arkadiy Icaxarov, Nemis lyuteran cherkovi raisi Lyudmila Shmidt, Oliy Majlis deputati Dilorom Fayziyeva hamda taniqli dinshunos ekspertlardan iborat delegatsiya Stokgolmga tashrif buyurgan.

Seminarda Riksdag deputatlari, Shvetsiya hukumati a’zolari, siyosiy va ekspert doiralari, huquqni muhofaza qilish idoralari, diniy jamoalar va OAV vakillari, Stokgolmda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlar elchilari – jami 120 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan.

Delegatsiya a’zolari tomonidan O‘zbekistonda so‘nggi yillarda diniy sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, vijdon erkinligi va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi tizimli chora-tadbirlarning samarali natijalari taqdimot qilingan. Jumladan, “Mehr” operatsiyasi orqali nizoli hududlardan qaytarilgan D.N. o‘z chiqishida O‘zbekistonda adashgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilayotgan kechirimlilik va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish siyosatining amaliy mohiyatini ochib bergani ishtirokchilarda katta taassurot qoldirgan.
Live
Barchasi