Shotlandiyada muxlisga qizil kartochka ko‘rsatildi

Sport

image

Shotlandiyada futbol o‘yini paytida noodatiy voqea yuz berdi – ctadiondagi muxlisga hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatildi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu voqea Shotlandiya ikkinchi ligasidagi “Edinburg Siti” va “Sterling Albion” o‘rtasidagi uchrashuv payti sodir bo‘lgan. O‘yin davomida bir tomoshabin shovqin ko‘targan va tribunada tartibsizlik keltirib chiqargan. Uchrashuvning 86-daqiqada bosh hakam Josh Hay vaziyatga aralashishga qaror qilgan va tribunadagi muxlisga qizil kartochka ko‘rsatgan.

Boshqa muxlislar esa ushbu holatdan hayratda qolgan va ijtimoiy tarmoqlarda tezda munosabat bildirgan. Ko‘pchilik bu noodatiy vaziyatga guvoh bo‘lganidan so‘ng bir nechta hazil qilish imkoniyatidan foydalanib, qarorning qonuniyligini aniqlash uchun bosh hakamiga VAR’ga murojaat qilishni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shotlandiya qizil kartochka “Edinburg Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing