Shomurodovning goli “Roma”ga g‘alaba keltirdi (video)
Sport
−
20 aprel 2025 9258 1 daqiqa
20 aprelga o‘tar kechasi Italia A Seriyasi 33-turi doirasida Rimning “Roma”si o‘z uyida “Verona”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Nikolas Sulening pasidan so‘ng o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov hisobni ochdi. O‘yin yakuniga qadar har ikki jamoada qulay vazifalar bo‘ldi, ammo hisob boshqa o‘zgarmadi.
Shu tariqa, rimliklar ochkolar sonini 57 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Shomurodov esa o‘yinning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel