Shifokorlar koronavirusning eng ko‘p uchraydigan asoratini aniqladi
Olam
−
07 dekabr 2020
10631Koronavirus infeksiyasining asoratlari orasida eng ko‘p uchraydigan holat qon bosimining o‘zgarishi hisoblanadi. Bu haqda shifokor immunolog-allergist Vladimir Bolibok ma’lum qilgan.
“Mening nuqtai nazarimdagi barcha bemorlarda ko‘radigan narsa – bu qon bosimining ko‘tarilish tendensiyasi”, deydi mutaxassis.
Bolibok buni qon-tomir tizimining shikastlanishi va butun tanadagi qon-tomir devorlari elastikligining pasayishi bilan izohladi. Bunday oqibatlarning qanchalik uzoq muddatli bo‘lishini aniq aytish qiyin.
Tibbiyot fanlari nomzodi Zuxra Pavlovaning ta’kidlashicha, COVID-19 dan tuzalib ketganlar tuzalganlaridan keyin, hatto jaziramada ham sovuq qotishlari mumkin. Shifokorning ta’kidlashicha, sovuq yeyish bilan og‘rigan bemorlar buni ko‘pincha COVID-19 qaytalanishi bilan adashtirishadi.
LiveBarchasi