Shifoxonaga ishga joylashtirishni va’da qilganlar ushlandi
3-sahifa
−
26 iyun 2025 4552 1 daqiqa
Andijon va Jizzax viloyatida tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasining kadrlar bo‘limi nazoratchisi B.X. fuqaro M.S. ning ishonchiga kirib, ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Jizzax shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.E. fuqaro Sh.A. ning ishonchiga kirib, uni Do‘stlik tumani tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 21 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukus shahridagi umumta’lim maktabi o‘qituvchisi mazkur maktab direktori o‘rinbosarining topshirig‘iga asosan, kasbiy sertifikat olish bo‘yicha sinovlaridan o‘tkazib berish evaziga Chimboy tumanida ishlovchi hamkasbidan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi