Shavkat Mirziyoyev BMT sessiyasida nutq so‘zlaydi
Jamiyat
−
20 Sentabr 2021 9628 1 daqiqa
Ertaga, 21 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoaloqa orqali BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi tantanali ochilishida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Prezident sessiyaning birinchi kunidayoq yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda nutq so‘zlaydi.
Bugun, 20 sentyabr kuni esa Shavkat Mirziyoyev Prezident huzuridagi qator ob’ektlar qurilishiga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishadi. Xususan, Yangi onkologiya markazi, Milliy kutubxona va “Yangi O‘zbekiston” universiteti binolari loyihalari taqdimoti o‘tkaziladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr