Shahzoda Garri va Megan Britaniyaga qaytmoqda – OAV

Olam

image

Shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl 6 yillik tanaffusdan so‘ng farzandlari bilan Britaniyaga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda. Ular Archi va Lilibet bilan sentyabrdan Britaniyada uzoqroq muddat yashashi va farzandlarini shu yerda maktabga berishni rejalashtirgan. Bu haqda “People” jurnali va “Reuters” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sasseks gersogi va gersoginyasi qirollik qarorgohlaridan birida yashamaydi va 2020 yilda kelishilganidek, ishlamaydigan qirollik oilasi a’zolari maqomini saqlab qoladi. Juftlikning vakili hamda Bukingem saroyi xabarlarga rasmiy munosabat bildirmagan, ammo oilaga yaqin manba xabarlarning haqqoniyligini tasdiqlagan.

Garri va Megan 2018 yilda turmush qurgan. Biroq 2 yil o‘tib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechib, AQSHga ko‘chib ketgan. Ular Kaliforniyaning Montesito shahrida yashab, keyingi yillarda qirollik oilasi haqida intervyular, Netflix hujjatli seriali va Garrining “Spare” nomli memuarlarida tanqidiy fikrlar bildirgan.

Garri otasi qirol Charlz III va akasi Uilyam haqida ham keskin fikrlar bildirgan. Bu esa ular o‘rtasidagi munosabatlarning deyarli butunlay buzilishiga olib kelgandi.

Shuningdek, Garri Britaniya hukumati uning xavfsizlik choralarini o‘zgartirganidan norozi bo‘lgan. U avtomatik ravishda politsiya muhofazasi bilan ta’minlanmasligi farzandlarini Britaniyaga olib kelish imkoniyatini cheklayotganini aytgan.

Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda Garri va otasi – qirol Charlz III o‘rtasidagi munosabatlar biroz yaxshilana boshlagan. O‘tgan oy Garri, Megan va farzandlari Britaniyaga borgan, Charlz esa nabiralarini 2022 yildan beri birinchi marta ko‘rgan. Biroq Garrining akasi, taxt vorisi Uilyam bilan munosabatlari hanuz keskinligicha qolmoqda.

Garri va Megan 2020 yildan beri AQSHda yashab, Netflix va Spotify bilan ko‘p million dollarlik shartnomalar tuzgan. Garrining memuari katta muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa-da, podkast loyihasi yakunlangan, Megan boshlovchilik qilgan Netflix dasturi esa uchinchi mavsumga uzaytirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq endi Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning kenja o‘g‘li, Susseks gersogi shahzoda Garri Londonga tashrifi chog‘ida Bukingem saroyida qolmasligi aytilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing