“Sezon” boshlandi: Qashqadaryoda “Milliy sertifikat” uchun 17 ming dollar olayotgan shaxslar ushlandi 

Jamiyat

image

Qashqadaryoda o‘qituvchi va abituriyentlarga “Milliy sertifikat” olib berish uchun 17 700 dollar so‘ragan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat pedagoglarini yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘qituvchisi N.Sh. (muqaddam sudlangan) D.X. dan 20 nafar o‘qituvchining oylik maoshiga ustama qo‘shilishini ta’minlovchi va 39 nafar abituriyentga oliy o‘quv yurtiga kirishga imtiyoz beruvchi “Milliy sertifikat” olib berish evaziga jami 17 700 dollar talab qilib, shundan 6 600 dollarni avvaldan olgan.  Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, qolgan 11 100 dollarni olayotgan "hamkorlar" ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, N.Sh.ning ko‘rsatmasiga binoan davom ettirilgan tadbirda Qarshi shahridagi “T”. MFYga biriktirilgan hokim yordamchisi Sh.R. ham qalbaki “Milliy sertifikat” tayyorlab berish evaziga N.Sh.dan dollarlarni olish jarayonida qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Qashqadaryo Milliy sertifikat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made