Senator: YPX xodimlari insoniy munosabatlar, muomala madaniyati bo‘yicha o‘qitiladimi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 28 fevral kuni Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tyapti. Yalpi majlisda senatorlar Ichki ishlar vazirligi xodimlari, xususan, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining muomala madaniyati, muloqotdagi qo‘polligini tanqid qildi.

Senator Guliston Annaqilicheva Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Toshpo‘latovga yuzlanib, vazirlik xodimi biror holat yuzasidan tanbeh berayotganda odamgarchilik bilan tushuntirish mumkinku deb, ta’kidlab o‘tdi.

“Yo‘l harakati xavfsizligi (tahr. Yo‘l-patrul xizmati) uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar odob, insoniy munosabatlar, muomala madaniyati bo‘yicha o‘qitilib, seminarlar qilinadimi? Muaomala odamgarichilik bilan yo‘lda to‘xtatib, tanbeh berayotgan paytda qo‘pollik qilmasdan ishlash mumkinku. Bular o‘rgatiladimi?”, dedi Guliston Annaqilicheva.

Aziz Toshpo‘latov Senatorning savoliga javoban tizimda qo‘pol xodimlar borligini yana bir bor tan olib, bu borada jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha kengash tuzilganini ma’lum qildi.

“Xodimlarni o‘qitish bo‘yicha juda ko‘p ishlar amalga oshirilyapti. Haqiqatda tarbiyasiz, qo‘pol muomalada bo‘ladigan xodimlarimiz bor. Bu bizning aybimiz. Akademiyadan tashqari malaka oshirish institutlari ochildi. Har bir xodim bu yerda 3 oydan 6 oygacha o‘qitilyapti, tarbiyalanyapti. O‘tgan yili ularni axloqiy tarbiyalash uchun jamoat kengashlari tuzildi”, dedi Toshpo‘latov.

Ayni masala yuzasidan, Senat raisi Tanzila Norboyeva ham munosabat bildirdi. Vazirlik tasarrufida akademiya borligini aytib ztdi.

“Muomala madaniyati bo‘yicha senatorlar orasidagi muhokamalarda ko‘plab e’tirozlar bo‘ldi. Hududlarda bo‘layotgan voqealarda ko‘rinyaptiki, IIV xodimlarining o‘zlarini tutishida muammo bor. Sizlarda akademiya bor. Sizlar katta ishlar qilyapsizlar, xodimlarni o‘zgartiryapsizlar. Lekin qachon o‘zgarish bo‘ladi?”, deb fikr bildirdi Tanzila Norboyeva.


Maqola muallifi

Teglar

Senat yalpi majlis

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing