Sayyoradagi eng keksa erkak vafot etdi

Olam

image

Dunyoning eng keksa erkagi Yaponiyaning niigata prefekturasida yashovchi Titetsu Vatanabe 112 yoshida vafot etdi. U 12 fevralda Ginnes rekordlar kitobiga ko‘ra, sayyoraning eng keksa erkagi deb tan olingandi. Bu haqda “Kyodo” xabar berdi.

1907 yil 5 martda tug‘ilgan Vatanabe 23 fevralda vafot etgan. Sayyoraning undan avvalgi eng keksa odami ham Yaponiyadan bo‘lgan. 113 yoshli Masadzo Nonaka 2019 yilning 20 yanvarida vafot etgandi.

Yaponlar an’anaviy tarzda sayyoraning eng uzoq umr ko‘ruvchi vakillari reytingida eng yuqori pog‘onalarni egallab kelishadi. Ginness rekordlar kitobiga ko‘ra, hozirda sayyoraning eng keksa vakili ham 117 yoshli yaponiyalik ayol Kane Tanaka hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ginnes Titetsu Vatanabe

Baholaganlar

249

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing