“Andijon polkasi” Ginness rekordlari kitobiga kiritildi
Madaniyat-san’at
−
24 iyun 4245 1 daqiqa
Bugun, 24 iyun kuni 20 ming nafar ishtirokchi “Andijon polkasi”ga raqsga tushib Ginnes rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat markazida 20 ming nafar ishtirokchini birlashtirgan “Andijon polkasi” ommaviy raqs fleshmobi tashkil etilgan.
“Ushbu keng ko‘lamli tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘zbek milliy raqs san’atini jahon miqiyosida keng targ‘ib qilish hamda ushbu ko‘rsatkich bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirishdan iborat. Mazkur mahobatli tadbir Andijon shahrining 2026 yilda “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilinishi doirasida o‘tkazildi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, shu munosabat bilan shahar markaziy maydoni va unga tutash hududlar an’anaviy milliy kuy-navolar, rang-barang jozidor liboslar hamda maxsus sahnalashtirilgan madaniy chiqishlar bilan bayramona tus olgan.
Bungacha Namangandagi gullar festivali ham Ginness rekordlar kitobiga kiritilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning aprelida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov o‘zini haqiqiy andijonlikman deb bilganlarga “Andijon polkasi”ga har kuni raqsga tushishni buyurgandi. Keyinroq hokimning bu topshirig‘i ko‘plab muhokama va noroziliklarga sabab bo‘lgan edi.
Live
Barchasi