Saudiya yadroviy Pokiston bilan mudofaa bitimini tuzdi

Olam

image

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud kecha, 17 sentyabr kuni har ikki davlatga hujum sodir bo‘lgan taqdirda o‘zaro yordam ko‘rsatish bo‘yicha strategik mudofaa shartnomasini imzoladi. Bu haqda “Dawn” xabar berdi.

“Bosh vazirlik idorasi ikki davlatdan biriga qarshi tajovuz har ikki davlatga qarshi tajovuz deb baholanishini nazarda tutuvchi pakt imzolanganini e’lon qildi”, deyiladi xabarda. 

Bosh vazir va valiahd shahzoda Ar-Riyoddagi Al-Yamama qarorgohida uchrashib, tomonlarni qiziqtirgan turli masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazgan edi. Sharifga Bosh vazir o‘rinbosari Ishoq Dar, Mudofaa vaziri Xavaja Osif va Moliya vaziri Muhammad Aurangzeb hamrohlik qildi.

“Dawn” Islomobod va Ar-Riyod uzoq vaqtdan beri iqtisodiy va mudofaa munosabatlarini saqlab kelganini qayd etdi. Pokiston Saudiya Arabistonidan moliyaviy yordam va neft oladi.

Sharif, shuningdek, iyun oyida bin Salmon bilan uchrashgan va shu yilning may oyida Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi mojaroga barham berishdagi roli uchun Ar-Riyodga minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Pokiston Bosh vaziri Shaxboz Sharif 15 sentyabr kuni Dohada bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) va Arab davlatlari ligasi (ADL)ning qo‘shma sammitida Tel-Avivning ekspansionist ehtiyojlariga qarshi kurashish uchun arab-islom operativ guruhi tuzishni taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Pokiston Shahboz Sharif Muhammad bin Salmon Ol Saud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing