Sardor Berdimuhamedov hukumatni iste’foga chiqardi 

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Sardor Berdimuhamedov eski Vazirlar Mahkamasi iste’fosi haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Neytral Turkmaniston” gazetasi xabar bergan.  

Turkmanistonning yangi rahbari buni kecha, 19 mart kuni inauguratsiya marosimidan so‘ng amalga oshirgan. 

“Davlat rahbari Turkmaniston Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat hukumati a’zolarining vakolatlarini to‘liq hajmda iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi va ularga Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilgunga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etishni topshirdi”, deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 mart kuni Ashxobodda Turkmanistonning saylangan Prezidenti Sardor Berdimuhamedovning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi.  

Mamlakatda prezidentlik saylovi 12 mart kuni bo‘lib o‘tdi. Saylovchilarning 97,17 foizi yoki 3 million 362 ming 52 kishi ishtirok etdi. Markaziy saylov komissiyasi barcha byulletenlarni sanab chiqqach, 72,97 foiz ovoz olgan Demokratik partiyadan nomzod Sardor Berdimuhamedov g‘alaba qozonganini e’lon qildi. 

Turkmanistonda prezidentlik saylovi har yetti yilda o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Berdimuhamedov

Baholaganlar

997

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing