Samarqandda ŞHT plyus formatidagi ilk ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Jamiyat

−

image

Samarqand şahrida joriy yilning 5–6 noyabr kunlari xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus formatidagi birinçi ekspertlar muloqoti bölib ötadi. Unda 24 ta davlatdan 33 delegatsiya hamda 5 ta xalqaro taşkilot vakillari iştirok etişi kutilmoqda. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, muloqot “Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanişini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş” mavzusiga bağişlanadi. Tadbir Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov raisligida ötkaziladi.

Mazkur formatni taşkil etiş taşabbusi Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan. Bu taklif ilk bor 2024 yilda ŞHTning Ostona şahrida bölib ötgan sammitida bildirilgan. 2025 yilda esa Xitoyning Tyanszin şahrida ötkazilgan ŞHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengaşi yiğilişida ilk ekspertlar muloqotini Samarqandda taşkil etiş taklif qilingan.

Uçraşuvda ŞHTga a’zo davlatlar, kuzatuvçi mamlakatlar va muloqot böyiça hamkorlarning maxsus xizmatlari rahbarlari hamda vakillari, xalqaro taşkilotlar vakillari va taklif etilgan mehmonlar qatnaşadi. Muloqot davomida ilğor texnologiyalar va sun’iy intellektning zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga ta’siri yuzasidan fikr almaşiladi.

Şuningdek, muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari raqamli transformatsiya davrida xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş böyiça hamkorlikning aniq vazifalari va ustuvor yönalişlarini belgilab oladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing