Samarqandda mayning ferma ishlatgan tadbirkor ushlandi
3-sahifa
−
30 Sentabr 2022
18736Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida noqonuniy mayning ferma ishlatayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.I.” MCHJ rahbari Sh.H. o‘zboshimchalik bilan o‘zi tomonidan sotib olingan transformatorni o‘rnatib, noqonuniy ravishda 63 dona “Mayner” uskunalari va ikki dona suv nasoslaridan foydalanib kelgani aniqlangan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi