Samarqandda “killer” orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida yollanma qotillik jinoyatini sodir etishning oldi olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan shaxs Toshkent shahrida yashovchi fuqaro bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro nizo sababli uni o‘ldirishni maqsad qilib, yollanma qotil izlayotgani aniqlangan.

Shundan so‘ng tezkor tadbir o‘tkazishga kirishilib, shartli yollanma qotil tadbirga jalb etilgan. 2002 yilda tug‘ilgan ushbu shaxs shartli yollanma qotilga o‘zi bilan kelishmovchiligi bo‘lgan shaxsni o‘ldirishni buyurib, uning evaziga 2200 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini berishni va’da qilgan. 

Joriy yilning 27 yanvar kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 24 yoshli shaxs tadbirga jalb etilgan yollanma qotildan grimlangan murda fotosuratini qabul qilib olgach, 2 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

U bilan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida qo‘lga olingan ushbu shaxs o‘zi ishlab kelayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatning 1996 yilda tug‘ilgan rahbari, Toshkent shahrida yashovchi qarindoshi bilan oldindan mavjud bo‘lgan nizolar hamda katta miqdordagi qarzi sababli qotil yollashga buyruq bergani aniqlanib, mazkur shaxs ham qo‘lga olingan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda mast erkak o‘zi bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan sherigini pichoqlab o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand killer odam o'ldirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing