Samarqandda Isuzu urib yuborgan velosipedchini Damas bosib ketdi
3-sahifa
−
02 fevral 3810 1 daqiqa
Samarqand viloyatining Toyloq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 29 yanvar kuni soat 18:20 lar atrofida Toyloq tumani “Jumabozor” MFY hududidan o‘tgan D-069 avtomobil yo‘lining 12-kilometrida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Toyloq-Urgut yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan velosipedchini shu yo‘nalishda kelayotgan Isuzu rusumli yuk avtomashinasi urib yuborgan. Zarba oqibatida velosipedchi yo‘lga yiqilgan. Orqa tomondan kelayotgan Damas rusumli transport vositasi esa uni bosib ketgan. Hodisa sabab velosipedchi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquq-tartibot idoralari barcha yo‘l harakati ishtirokchilarini yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2025 yilda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2 188 kishi vafot etgani xabar qilingan edi.
Live
Barchasi