Samarqandda Isroilga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
01 mart 3641 1 daqiqa
Samarqand shahrida Isroil davlatiga ishga yuborish yuborish evaziga 16 kishidan 74 550 dollar olgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.R. tanishlari I.K. va U.Sh. bilan “J.I.” MCHJni tashkil etib, fuqarolarni Isroil davlatiga ishlash uchun yuborishini reklama qilib, 2024 yilning sentyabr oyida 16 nafar fuqaroni aldab, ularni Isroil davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 74 550 AQSH dollari va 22,5 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Yana bir holat, Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.T. fuqarolar X.U. va D.N.ning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida 44 ming AQSH dollari evaziga Kanada davlatiga ishga yuborishi va viza olib berishini aytib, shundan 8 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida Yaponiyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushgan edi.
Live
Barchasi